«uy-joy qurilish» tegli maqolalar

25 fevral 2025, 17:52 Qonunchilik

Ishonchli uy-joy quruvchilarning onlayn reytingi yuritiladi

1-maydan qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishgacha bo‘lgan jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.
24 fevral 2025, 11:46 Iqtisodiyot

Buzilayotgan turar va noturar joylarning bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

Renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuvdan keyin ruxsat beriladi.
24 fevral 2025, 10:04 Qonunchilik

Ipoteka subsidiyalari soni 1,5 baravarga oshiriladi

Yerni ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
3 fevral 2025, 14:35 Moliya

O‘zbekistonda ipoteka garovi bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish rejalashtirilmoqda

Quruvchilar tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik xavfini sug‘urta qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
3 fevral 2025, 12:57 Qonunchilik

Yangi qurilayotgan uy-joylar bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyati yaratiladi

Buning uchun 1-iyuldan “Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida elektron platforma ishga tushiriladi. Unda obyekt joylashgan manzil, quruvchining ruxsatnomasi va reytingi hamda moliyalashtiruvchi bank haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
3 fevral 2025, 11:51 Qonunchilik

1-iyuldan ulushli qurilishda eskrou-hisobi joriy etiladi

Kelasi yildan boshlab qurilishga ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
1 fevral 2025, 17:00 Iqtisodiyot

Uy-joy qurilishida “yagona hayotiy sikl” tamoyili joriy etiladi

Joriy yilning 1-iyulidan qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
23 yanvar 2025, 20:26 Iqtisodiyot

Endi ko‘p qavatli uy qurilishi uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotiladi

Bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.
23 yanvar 2025, 15:49 Iqtisodiyot

Endi quruvchi tashkilotlar 12 oygacha yer solig‘idan ozod etiladi

Fuqarolarga qurilishi bitmagan uylar uchun ham ipoteka va subsidiya olish imkoni beriladi, shu bilan birga, ular uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi.
15 oktabr 2024, 20:00 Intervyu

O‘zbekistonda eskrou-hisobi joriy etilmoqda. Ekspertlar qanday fikrda?

Spot suhbatlashgan ekspertlarning qayd etishicha, mazkur tizim qurilish sohasini yaxshilashga, barqaror ko‘chmas mulk bozorini yaratishga hamda xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam beradi. Shunga qaramay, ba’zi nyuanslar bor.
23 sentabr 2024, 18:29 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

Endi uy-joy olmoqchi bo‘lgan fuqarolar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri bankka topshiradi.
17 iyul 2024, 13:01 Iqtisodiyot

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi

Noqonuniy qurilishlarni aniqlashda inspeksiyaning texnik vositalar, jumladan, dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
7 may 2024, 16:20 Qonunchilik

O‘zbekistonning har bir hududida renovatsiya loyihasi amalga oshiriladi

Bunda hududlarda renovatsiya loyihalari amalga oshiriladigan massivlar tanlanib, manzilli dastur tasdiqlanadi.
3 may 2024, 09:36 Iqtisodiyot 3

15-maydan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

Endilikda ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplashga subsidiyalar 30 mln so‘m miqdorida to‘lanadi.
9 aprel 2024, 15:15 Iqtisodiyot

Prezident Jizzaxdagi 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli uylar qurishni topshirdi

Yevropa va boshqa davlatlardan olim va mutaxassislarni olib kelib, qurilish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘rsatma berildi.
13 mart 2024, 18:20 Biznes

Xitoylik investorlar Shayxontohurdagi renovatsiya loyihasiga $360 mln sarmoya kiritadi

Loyiha doirasida 1960-yillarda qurilgan 42ta ikki qavatli uylar o‘rnida ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
13 mart 2024, 08:37 Iqtisodiyot

Ayrim fuqarolarga uy qurish va ta’mirlashga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti ajratiladi

Endi pudratchilar reytingi joriy qilinib, ularning moliyaviy salohiyatiga minimal talablar belgilanadi.
14 noyabr 2023, 12:03 Qonunchilik

O‘zbekistonda uy-joylar imtiyoz asosida ajratilishi mumkin

Mening birinchi uyim dasturining birinchi bosqichi sinov tarzida Zangiota tumanining Turkiston MFYda amalga oshiriladi.
13 aprel 2023, 18:32 Qonunchilik

2025-yilgacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlariga bojxona boji bekor qilinadi

Shuningdek, 1-maydan qurilayotgan uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini banklar tomonidan kredit ta’minoti sifatida garovga olish amaliyoti joriy etiladi.
5 aprel 2023, 18:07 Iqtisodiyot

O‘zbekiston uy-joy qurilish sohasida nimalar belgilanmoqda

Spot prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektordan muhim vazifalarni bir joyga jamladi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting